3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni
Bugun – jamiyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan nogironligi bo‘lgan insonlarning huquqlarini, imkoniyatlarini ва orzularini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan kun.
Bu sana bizgа yana bir bor eslatadi:
har bir inson – noyob, qadrli vа hurmatga loyiq.
Qulay muhit va inklyuziv jamiyatni yaratish – barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotda faol ishtirok etishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratish – faqat bir kungina emas, balki doimiy e’tibor va amaliy sa’y-harakatlarni talab qiladigan jarayondir.
Keling, mehr, e’tibor vа qo‘llab-quvvatlash madaniyatini yanada kuchaytiraylik. Har bir inson uchun teng imkoniyatlar – kuchli jamiyatning poydevoridir.
Bugun va har kuni – inson qadri ustuvor.
