Supervayzerlar uchun navbatdagi bosqich – yangi o‘quv-trening boshlandi!
24–28-noyabr kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” markazlari bosh mutaxassis-supervayzerlari uchun mo‘ljallangan 4 bosqichli trening o‘z startini oldi. Ushbu bosqich supervayzerlarning kundalik ish jarayonida eng ko‘p duch kelinadigan vaziyatlarga professional va tizimli yondashuvni mustahkamlashga qaratilgan.
Treningning birinchi kunidanoq ishtirokchilar faol va interaktiv muhitga sho‘ng‘ishdi — real holatlar asosida mashqlar, fikr almashish, mayda detallarni chuqur tahlil qilish orqali o‘quv jarayoni yanada jonli ruhda boshlandi.
Supervayzerlar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z malakalarini oshirmoqdalar:
- kattalar ta’limiga zamonaviy yondashuvlar;
- oilalar va mijozlar bilan samarali muloqot;
- psixologik qo‘llab-quvvatlashning amaliy usullari;
- motivatsiya berish va jamoaga ta’sir o‘tkazish;
- stress boshqaruvi va professional kuyishning oldini olish.
Trening davomida nafaqat bilim beriladi, balki supervayzerlarning kundalik ish jarayonida uchraydigan murakkab vaziyatlarga amaliy yechimlar ishlab chiqariladi.


