📅2025-yil 26-27 iyun kunlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari mutaxassislari uchun BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamkorligida tashkil etilgan ikki kunlik malakani oshirish treningi o‘z ishini boshladi.
📌Treningning maqsadi — nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga javoban muvofiqlashtirilgan idoralararo inklyuziv xizmatlar taqdim etish asoslari bo‘yicha hududiy “Inson” markazlari mutaxassislarining malakasini oshirish
👥Trening davomida ishtirokchilar quyidagi muhim yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirishmoqda:
😮Gender zo‘ravonlikdan jabrlangan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning o‘ziga xosligi (ijtimoiy portret). Zo‘ravonlik jabrlanuvchisining belgilari;
😮Identifitsikatsiya. Shavqatsiz munosabat, gender zo‘ravonlik, oilaviy nizolar;
😮Ijtimoiy xizmatlar. Keys-menedjment. Individual reabilitatsiya rejasi;
😮Muloqot asoslari. Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan muloqot ko‘nikmalari;
😮Gender zo‘ravonlikdan jabrlangan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirish.