Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

2025-yil 8-sentabr kuni Malaka oshirish markazi hamda Xalqaro ijtimoiy ish maktablari assotsiatsiyasi (IASSW) oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Agentlik xodimlari malakasini oshirish, xalqaro tajribani joriy etish hamda ijtimoiy himoya sohasida zamonaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va kelgusida muntazam ravishda tajriba almashish boʻyicha kelishib oldilar. Shuningdek, supervayzerlarning malakasini tizimli oshirish rejasi va dasturini amalga oshirishda ko'maklashishga qaratilgan rejalar tuzilishi kelishib olindi. 

Uchrashuv ijobiy ruhda oʻtib, ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan yangi imkoniyatlar ochib berdi.