Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

2025 yil 12–16-may kunlari Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro o‘quv markazi (ITC-ILO) hamda Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi hamkorligida “Ijtimoiy himoyada boshqaruv va xizmat ko'rsatish sifatini oshirish” mavzusidagi xalqaro trening birinchi bosqichi Toshkentda boshlandi.

Bu — nafaqat malaka oshirish, balki xalqaro tajriba almashinuvi, ilg‘or g‘oyalar va innovatsion yondashuvlar chorrahasida o‘tkazilayotgan xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy platformadir.

👥Mazkur o‘quv dasturi markaziy va hududiy rahbar xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar ijtimoiy himoya sohasidagi xalqaro standartlar va yetakchilik salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy bilimlarni o‘zlashtirmoqdalar.

📌Trening doirasida quyidagi yo‘nalishlar qamrab olinmoqda:
😮Inson huquqlari va ijtimoiy himoyada xalqaro standartlar
😮Bolalar, o'zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan xizmatlarning sifatini oshirish
😮Inklyuziv boshqaruv, raqamli yechimlar va innovatsiya
😮Strategik rejalashtirish, monitoring va ko‘rsatkichlar asosida boshqaruv

Trening mashg‘ulotlarini xalqaro ekspertlar — Olena Vazhynska, Luc Boss va Virginia  Petersen  olib bormoqdalar.