2026-08-03
Tafsilotlar
2026-yil 3-avgust kuni Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Digital Convergence Initiative (DCI) vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida raqamli ta’lim va innovatsion yechimlarni rivojlantirish yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, Markazning E-learning platformasini yanada takomillashtirish, ta’lim jarayonlariga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, xodimlar portfoliolarini yaratish Observatoriyasi hamda analitik Dashboard tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirish bosqichlari va kelgusidagi rejalarni muhokama qilib, ijtimoiy himoya tizimida raqamli transformatsiyani jadallashtirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Mazkur uchrashuv xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda ijtimoiy himoya tizimida zamonaviy va samarali raqamli yechimlarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.