Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakalarini oshirish markazi hamda DVV International vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va trenerlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy o‘qitish yondashuvlarini joriy etish hamda uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Muzokaralar davomida ijtimoiy soha xodimlari uchun malaka oshirish dasturlarini takomillashtirish, trenerlar tayyorlash (ToT), o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqish hamda tajriba almashish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli va barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ijtimoiy sohada kadrlar salohiyatini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.