Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari uchun mo‘ljallangan 12 kunlik malaka oshirish trening dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Trening davomida ishtirokchilar ijtimoiy xizmatlar tizimida samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, strategik fikrlash, jamoani bir maqsad atrofida birlashtirish hamda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan bilim va amaliy ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirdilar.

Mashg‘ulotlar jarayonida:
- rahbarlik va liderlik kompetensiyalari mustahkamlandi,
- real vaziyatlarga asoslangan amaliy topshiriqlar bajarildi,
- zamonaviy boshqaruv yondashuvlari tahlil qilindi,
- ishtirokchilar o‘rtasida faol tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Trening yakunlari rahbarlarning kasbiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatida barqaror, samarali va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruvni ta’minlashga mustahkam zamin yaratdi.

Oldinda — amaliy natijalar va yangi tashabbuslar!