📅2025-yil 16–20-iyun kunlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga mo‘ljallangan 5 kunlik malaka oshirish treningi boshlandi.
👥Ushbu treningda 30 nafar markaz direktorlari ishtirok etmoqda.
📌Treningning asosiy maqsadi — ijtimoiy himoya tizimidagi rahbarlarning bilim va ko‘nikmalarini quyidagi yo‘nalishlarda chuqurlashtirishdan iborat:
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tamoyillari,
xizmatlarni integratsiyalash,
yetakchilik va kadrlar boshqaruvi,
inson resurslarini samarali boshqarish,
xizmatlar sifatini oshirish.


