Andijon viloyatida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholi jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamkorlikda uch kunlik malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 20–22-oktabr kunlari o‘tkazilgan mazkur trening “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash” mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbirning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-175-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada takomillashtirishdan iborat.
Trening mashg‘ulotlarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari, mahalla mutasaddilari hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur o‘quv kurslari ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining kasbiy salohiyatini mustahkamlash va aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.


