Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Namangan viloyatining barcha tumanlarida “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan fuqarolar bilan ishlash” mavzusida o‘quv treninglari boshlandi.

2025-yil 13–17-oktabr kunlari Namangan viloyatida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda jabrlanuvchilarga samarali yordam ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi treninglar o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbir Ijtimoiy himoya xodimlari malakasini oshirish markazi tomonidan BMT Aholi jamg‘armasi (UNFPA) va Buyuk Britaniya hukumati ko‘magida tashkil etilgan.

Treningning asosiy maqsadi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-175-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada takomillashtirishdan iborat.

Trening mashg‘ulotlar ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining kasbiy salohiyatini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.