Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Namangan viloyatida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari uchun oilaviy zo‘ravonlikni aniqlash va uning oldini olishga qaratilgan ikki kunlik seminar-trening o‘tkazildi.

Ishtirokchilar zo‘ravonlik holatlarini baholash, xavf omillarini aniqlash, himoya rejalarini tuzish va jabrlanuvchi bilan ehtiyotkor muloqot olib borish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni mustahkamlashdi.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida real vaziyatlar asosida mashqlar bajarilib, psixologlar travmadan keyingi tiklanish jarayonida yordam ko‘rsatishga oid yangi metodikalar bilan tanishdilar.

Trening yakunida psixologlar yangi yondashuvlarni muhokama qilib, hududlarda psixologik yordam sifatini oshirish yo‘nalishlarini belgiladilar.