Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Ijtimoiy himoya tizimida yangi loyihalar va istiqbolli tashabbuslarni rivojlantirish maqsadida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar:
- yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish,
- xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv va trening dasturlarini kengaytirish,
- zamonaviy yondashuv va ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish,
- hamkorlikning kelgusi istiqbollari bo‘yicha takliflarni muhokama qildilar.

Muloqot ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda qo‘shma tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.