Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida GIZ vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ijtimoiy ish sohasida dual ta’lim tizimini joriy etish masalasi markaziy mavzu bo‘ldi. Ushbu model orqali nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, ijtimoiy soha mutaxassislarini zamonaviy talablar asosida tayyorlash ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
- amaldagi mutaxassislar uchun modulli e-learning dasturlarini takomillashtirish;
- Inson markazlari rahbarlari uchun salohiyatni oshirish treninglari;
- ijtimoiy xizmatlarda inklyuziv va genderga sezgir yondashuvlarni kuchaytirish.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilash, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va tizimli islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.


