Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

 O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab barcha hududlarda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish” mavzusida 2 kunlik amaliy treninglar izchil ravishda o‘tkazildi.

Treninglar Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamkorligida tashkil etilib, Train-the-Trainer (ToT) modeli asosida tayyorlangan trenerlar orqali joylarda samarali bilim va tajriba almashuvi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, treninglar jarayonida xalqaro ekspertlar ishtirokida umumiy Zoom uchrashuvi o‘tkazilib, unda mavzu doirasidagi xalqaro tajribalar muhokama qilindi.

Hududiy “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari mutaxassislari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlarda inson qadriga yo‘naltirilgan yondashuv, amaliy holatlar tahlili hamda zamonaviy xizmatlar modeli markaziy o‘rinni egalladi.

Bu jarayon:
- hududlarda mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy qadamlar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sifatli, qulay va inson qadriga yo‘naltirilgan xizmatlarni shakllantirish;
- yagona yondashuv va barqaror hamkorlik asosida olib borilayotgan tizimli ishlarning muhim bosqichi hisoblanadi.