Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

«Ijtimoiy himoya va boshqaruv»

2026-09-28

5 marta o'qilgan


«Ijtimoiy himoya va boshqaruv» malaka oshirish kursi davom etmoqda

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida yangi tayinlangan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari uchun tashkil etilgan «Ijtimoiy himoya va boshqaruv» yo‘nalishidagi malaka oshirish kursi 21-sentabrdan 2-oktabrgacha davom etmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlarining dastlabki besh kuni davomida ishtirokchilar ijtimoiy himoya tizimining ustuvor yo‘nalishlari, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini samarali boshqarish hamda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan qator muhim mavzularni o‘rgandilar.

📌 Xususan, mashg‘ulotlar davomida:
• «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini boshqarish va tarkibiy bo‘linmalar ishini muvofiqlashtirish;
• davlat organlari va tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
• ijtimoiy himoya va ijtimoiy xizmatlarning asosiy yo‘nalishlari;
• norasmiy ijtimoiy himoya va sektorlararo muvofiqlashtirish;
• xizmatlarni ijtimoiy funksiyalar bilan integratsiya qilish;
• jamoa ehtiyojlarini baholash va xizmatlar katalogini ishlab chiqish;
• vaqtni boshqarishning zamonaviy usullari;
• yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga berish hamda ularga kompleks ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.



Nazariy mashg‘ulotlar amaliy tashriflar bilan uyg‘unlashtirilmoqda.
Kurs ishtirokchilari “G‘amxo‘rlik markazi” hamda Nurafshon shahridagi Ijtimoiy himoya majmuasiga tashrif buyurib, ularning faoliyati va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Treningning keyingi kunlarida ham ishtirokchilar ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimidagi boshqa muassasa va markazlarga tashrif buyurib, ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishadilar.

  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3