Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

Ijtimoiy ish sohasida dual ta’lim

2026-09-22

4 marta o'qilgan


Ijtimoiy ish sohasida dual ta’lim

Bugun, 22-sentabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Malaka oshirish markazida GIZ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) eksperti, professor Ulrike Brizayning O‘zbekistonga tayyorgarlik tashrifi doirasida tashkil etildi.

Tashrifning asosiy maqsadi - ijtimoiy ish sohasida dual bakalavriat ta’lim dasturini ishlab chiqish, uning akademik va amaliy komponentlarini shakllantirish hamda xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Muloqot davomida dual ta’lim dasturini amalga oshirishda Markazning roli, talabalarning amaliy tayyorgarligini tashkil etish, amaliyot mentorlarini tayyorlash va nazariya bilan amaliyotni samarali uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.

23-sentabr kuni esa tashrif doirasida ijtimoiy ish sohasida dual ta’lim dasturini rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkaziladi. Unda xalqaro tajriba asosida taklif etilayotgan dual ta’lim modeli, manfaatdor tomonlarning vazifalari hamda dasturni O‘zbekistonda pilot tarzda amalga oshirishning keyingi bosqichlari muhokama qilinadi.
  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3