Ijtimoiy himoya tizimida boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv jarayonlari boshlandi.
🇺🇿 2–6-fevral kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida hududiy boshqarmalar boshliqlari o‘rinbosarlari ishtirokida “Ijtimoiy xizmatlar monitoringi va boshqaruv samaradorligini oshirish” mavzusida 5 kunlik amaliy treninglar boshlandi.
Dastur doirasida tinglovchilar:
- ijtimoiy xizmatlar monitoringi va faoliyat samaradorligini baholash,
- kasbiy stressni boshqarish,
- ijtimoiy nafaqalar va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan to‘lovlar tizimi,
- inkluziv ta’lim va ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyati,
- keyslar tahlili va hududiy amaliyot,
- nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda og‘ir hayotiy vaziyatdagi bolalar bilan ishlash mexanizmlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.
Mazkur o‘quv dasturi hududlarda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, tizimli boshqaruvni mustahkamlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.


