Inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo‘lida navbatdagi malaka oshirish treninglari boshlandi
Bugun Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida hududiy boshqarmalarning Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini tashkil etish sho‘basi xodimlari uchun malaka oshirish treninglariga start berildi.
Uch kun davom etadigan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilar:
- inklyuziv ta’limning zamonaviy yondashuvlari;
- alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
- psixologik xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratish tamoyillari;
- ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning amaliy usullari
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.
Har bir bolaning sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlash yo‘lida mutaxassislarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar davom etmoqda.


