Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

Inson kapitalini rivojlantirish sari

2026-08-28

1 marta o'qilgan


Inson kapitalini rivojlantirish sari

24–28-avgust kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida hududiy boshqarmalarning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari bosh hamda yetakchi mutaxassislari uchun 5 kunlik malaka oshirish treningi tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilar zamonaviy HR-boshqaruv yondashuvlari, kadrlar ehtiyojini rejalashtirish va rekruting, xodimlar kompetensiyalarini baholash, elektron HR tizimlari, shuningdek, mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq amaliy masalalarni chuqur o‘rgandilar.

Dastur doirasida, shuningdek, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish, ta’tillar, xizmat safarlari hamda mehnat nizolarini qonuniy tartibda hal etish kabi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Trening doirasida mashg‘ulotlarni olib borish uchun “Yurist va kadr” nodavlat ta’lim muassasasining malakali va tajribali mutaxassislari trener sifatida jalb etildi. Trenerlar tomonidan mavzular amaliy misollar, kasbiy tajriba va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar asosida yoritilib, treningning amaliy yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi.

Treningning yana bir muhim yo‘nalishi - xodimlarning kasbiy kuyishi va stressga bardoshliligi, mehnat muhitini yaxshilash hamda motivatsiyani oshirish masalalari bo‘ldi.

  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3