Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

Inson resurslarini boshqarishda yangi yondashuvlar

2026-10-06

2 marta o'qilgan


Inson resurslarini boshqarishda yangi yondashuvlar

5–9-oktabr kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlarining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarida faoliyat yurituvchi bosh va yetakchi mutaxassislar uchun navbatdagi 5 kunlik malaka oshirish treningi tashkil etildi.

Trening mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilarning inson resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Xodimlar bilan ishlashning zamonaviy usullari, mehnat jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish hamda ish jarayonida yuzaga keladigan amaliy vaziyatlarga yechim topish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ishtirokchilar mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish, xodimlar bilan bog‘liq hujjatlarni yuritish va amaliy faoliyatda qonunchilik talablariga rioya etish bo‘yicha o‘z bilimlarini boyitdilar. Mashg‘ulotlar jarayonida real ish holatlari va amaliy vaziyatlar asosida fikr almashish imkoniyati yaratildi.

Treningning muhim jihatlaridan biri - mutaxassislarning nafaqat kasbiy, balki jamoani boshqarish, xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, motivatsiya va sog‘lom mehnat muhitini shakllantirish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganidir.

Mazkur treninglar turkumi doirasida respublikaning barcha hududlari qamrab olindi. Natijada, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarida ushbu lavozimlarda faoliyat yuritayotgan jami 60 nafar mutaxassisning barchasi malaka oshirish treninglari bilan qamrab olindi.
  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3