Qulayliklar

Invert
Oq-qora
Katta
Normal
Kichik

Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi hamda Family Violence Prevention Services (FVPS) o‘rtasida Zoom platformasi orqali rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda markaz direktori Azamat Davletyarov va FVPS prezidenti(СЕО) Marta Prada Peláez ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv davomida FVPS tomonidan oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks yondashuvlar — boshpana xizmatlari, psixologik maslahat, bolalar bilan ishlash metodlari va case management tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasida mutaxassislar malakasini oshirish, tajriba almashish hamda kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.