Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

ISTC va Kent universiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2026-07-13

Tafsilotlar


ISTC va Kent universiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Malaka oshirish markazi hamda Buyuk Britaniyaning Kent universiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar simulyatsion markaz faoliyatini rivojlantirish va ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Xususan, quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- simulyatsion markaz faoliyatini metodologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
- onlayn simulyatsiya metodlarini joriy etish;
- markaz faoliyati uchun yangi simulyatsion ssenariylarni birgalikda ishlab chiqish.

Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar hamkorlikni izchil davom ettirish hamda kelgusidagi amaliy qadamlarni birgalikda belgilashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

  • news image 1