Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi direktori tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv davomida agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan bolalar psixologlarining malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishini ta’minlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda psixologik xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bolalar psixologlari uchun muntazam ravishda superviziya tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Ushbu yondashuv mutaxassislarning kasbiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish, murakkab holatlar bilan ishlashda samaradorlikni oshirish hamda sifatli psixologik yordam ko‘rsatishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.