Qulayliklar

Invert
Oq-qora
Katta
Normal
Kichik

Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Latviyada malaka oshirish: ijtimoiy himoya sohasida xalqaro tajriba almashinuvi

2026-yil 25–29-may kunlari Latviya Respublikasining Riga shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi xodimlari uchun malaka oshirish va tajriba almashish dasturi tashkil etildi. Dastur Jahon bankining “Inson” loyihasi doirasida Latviya Ijtimoiy ishchilar assotsiatsiyasi hamkorligida amalga oshirildi.

O‘quv tashrifi davomida ishtirokchilar ijtimoiy ishni munitsipal darajada tashkil etish, keys-menejment, ijtimoiy funksionallikni baholash, professional etika va maxfiylik tamoyillari, oilalar, bolalar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ruhiy salomatlik, zo‘ravonlik holatlariga javob qaytarish hamda mijoz manfaatlarini himoya qilishga oid amaliy tajribalar o‘rganildi.

Dastur doirasida Riga Ijtimoiy xizmati, Riga farovonlik departamenti, Latviya universiteti, “Resilience Centre”, “Dardedze” va SOS Bolalar qishloqlari kabi tashkilotlarga tashriflar amalga oshirilib, ijtimoiy xizmatlarning amaliy faoliyati bilan tanishildi.

Mazkur xalqaro tajriba almashinuvi ijtimoiy himoya tizimi mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xorijiy amaliyotlarni o‘rganish va ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga integratsiya qilishga xizmat qiladi.