Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

Litva tajribasi: mahalliy darajada ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish

2026-10-19

4 marta o'qilgan


Litva tajribasi: mahalliy darajada ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish

Bugun, 19-oktabr kuni Litvaning Vilnyus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi xodimlari uchun xalqaro o‘quv dasturi boshlandi.

19–23-oktabr kunlariga mo‘ljallangan dastur davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda tajriba almashadilar:

✅ munitsipal darajada ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va boshqarish;
✅ oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojlarni baholash hamda individual yordamni rejalashtirish;
✅ ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
✅ nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik va jamoaga asoslangan ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish;
✅ inqirozli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish.

Dastur doirasida Vilnyus, Panevėžys va Širvintos hududlaridagi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, oilalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari, bolalar va oilalar bilan ishlash xizmatlari hamda nodavlat tashkilotlar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

Dasturning asosiy maqsadi - Litvaning ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va ko‘rsatish borasidagi tajribasini o‘rganish, mahalliy va munitsipal darajada xizmatlar samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimida qo‘llash mumkin bo‘lgan ilg‘or amaliyotlarni o‘zlashtirishdan iborat.

  • news image 1
  • news image 2