Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

Markazda navbatdagi "Oilaga kirish" treningi

2026-07-17

Tafsilotlar


Markazda navbatdagi "Oilaga kirish" treningi

Bugun, 17-iyul kuni Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida Mirzo Ulug'bek tumani ijtimoiy xodimlari uchun "Oilaga kirish" mavzusida amaliy trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilar kasbiy etika, oilaga tashrif qoidalari va samarali muloqot asoslarini o'rgandilar, shuningdek "oilaga kirishning 9 qadami", tayyorgarlikdan tortib kelishuvgacha bo'lgan bosqichlarni real keyslar va namunaviy suhbatlar orqali amalda mashq qildilar.

Treningni Markaz mutaxassisi mentorligida supervayzerlar olib bordi — bu format ishtirokchilarga nazariy bilim bilan bir qatorda amaliyotchilarning bevosita tajribasidan foydalanish imkonini berdi.

  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3