2026-09-01
1 marta o'qilgan
Aziz yurtdoshlar!
Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi jamoasi Sizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!
Mustaqillik – xalqimizning erkin va farovon hayot sari intilishi, milliy qadriyatlarimiz, ezgu orzu-umidlarimiz hamda buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchimizning mustahkam timsolidir.
Ushbu ulug‘ ayyomda yurtimiz osmoni doimo musaffo, Vatanimiz tinch va obod, xalqimizning birdamligi va hamjihatligi yanada mustahkam bo‘lishini tilaymiz.
Har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, baxt-saodat, fayzu baraka va farovonlik yor bo‘lsin!
Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va ijtimoiy himoya tizimini yanada rivojlantirish yo‘lida olib borayotgan ezgu va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va zafarlar tilaymiz.