Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan ishlash

2026-09-15

2 marta o'qilgan


Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan ishlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-son Farmoni hamda PQ-288-son Qaroriga asosan, Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan respublikaning barcha 14 ta hududida “Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan ishlash” mavzusida malaka oshirish o‘quv treninglari tashkil etildi.

Bir oy davomida:
- 14 ta hudud qamrab olindi;
256 nafar ijtimoiy himoya tizimi xodimi treninglarda ishtirok etdi;
har bir trening 
16 soat davom etdi;
hududiy boshqarmalar, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda Ayollar va bolalar reabilitatsiya markazlari mutaxassislari jalb etildi.


📌 Mashg‘ulotlarda mutaxassislar:
- odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablarini;
- jabrlangan shaxslarni dastlabki aniqlash va identifikatsiya qilish tartibini;
- shaxsning ehtiyojlarini aniqlash va tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish yondashuvlarini;
- keys-menejment asosida ishlash mexanizmlarini;
- jabrlangan shaxsni qo‘llab-quvvatlash jarayonini 6 oylik monitoring qilish tartibini o‘rgandilar.

Bugun odam savdosidan jabrlangan shaxs bilan ishlash - uni shunchaki aniqlash bilan cheklanmaydi. Bu jarayon aniqlash, ehtiyojlarni baholash, tegishli xizmatlarga yo‘naltirish, kompleks qo‘llab-quvvatlash va keyingi holatini monitoring qilish kabi o‘zaro bog‘liq bosqichlarni qamrab oladi.



Shu jihatdan, respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilgan mazkur treninglar ijtimoiy himoya tizimi mutaxassislarining ushbu yo‘nalishdagi kasbiy salohiyatini mustahkamlash va amaliyotda yagona yondashuvni qaror toptirishga xizmat qiladi.

  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3