Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

Raqamli rivojlanish yo‘nalishida hamkorlik

2026-10-05

4 marta o'qilgan


Raqamli rivojlanish yo‘nalishida hamkorlik

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va integratsiyalashuviga ko‘maklashish” (PROSPI) loyihasi doirasida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida davlat xizmatlari va ijtimoiy himoya sohasida raqamli transformatsiya, xizmatlar dizayni hamda tizimli o‘zgarishlar yo‘nalishida katta tajribaga ega xalqaro ekspert Elsa Costa Castroning ishchi tashrifi boshlandi.

5–9 oktabr kunlari davom etayotgan mazkur tashrifning asosiy maqsadi - Markazning elektron ta’lim platformasi va unga bog‘liq raqamli tizimlarning amaldagi holatini o‘rganish, mavjud jarayonlarni tahlil qilish hamda ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Tashrif davomida elektron ta’lim platformasining imkoniyatlari, o‘quv va boshqaruv jarayonlari, mavjud ma’lumotlardan foydalanish amaliyoti, axborot tizimlari o‘rtasidagi integratsiya hamda foydalanuvchilarning platforma bilan ishlash tajribasi batafsil o‘rganilmoqda.

Shuningdek, ekspert tomonidan Inson kapitali observatoriyasini shakllantirish konsepsiyasi ustida ishlash, xodimlar salohiyati va rivojlanishiga oid ma’lumotlardan samarali foydalanish, boshqaruv uchun zarur tahliliy ko‘rsatkichlarni belgilash va mavjud boshqaruv panelini takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Elektron ta’lim platformasini rivojlantirish doirasida topshiriqlar va baholash jarayonlarini takomillashtirish, trenerlar va tinglovchilar o‘rtasida fikr-mulohaza almashish imkoniyatlarini kengaytirish, foydalanuvchi uchun qulayliklarni oshirish. 

Mazkur hamkorlik ijtimoiy himoya tizimida zamonaviy raqamli yechimlarni rivojlantirish, ta’lim jarayonlarini yanada samarali tashkil etish va inson kapitalini boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3