Qulayliklar

Invert
Oq-qora
Katta
Normal
Kichik

Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Sun’iy intellektni ta’lim jarayonlariga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ta’lim jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, o‘quv dasturlarini zamonaviylashtirish, raqamli vositalardan samarali foydalanish hamda xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar sun’iy intellekt asosida o‘quv kontentlarini ishlab chiqish, trening jarayonlarini takomillashtirish va sifat nazoratini kuchaytirish yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.