Inklyuzivlik paneli

Yoki matnni belgilab, yonidagi 🔊 tugmasini bosing.
100%
A- A+

Supervayzerlar uçun 3-bosqiç öquv treninglari davom etmoqda

2026-11-10

6 marta o'qilgan


Supervayzerlar uçun 3-bosqiç öquv treninglari davom etmoqda

9–13-noyabr kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oşiriş markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari supervayzerlari uçun malaka oşiriş dasturining 3-bosqiçi doirasida öquv maşğulotlari taşkil etilmoqda.

Mazkur bosqiçning muhim yönalişlaridan biri — andragogika, ya’ni kattalar ta’limi metodologiyasi bölib, u supervayzerlarning ijtimoiy xodimlarga bilim va tajriba yetkaziş, ularning kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş hamda samarali öquv jarayonlarini taşkil etiş kompetensiyalarini rivojlantirişga qaratilgan.

✅ Trening davomida iştirokçilar quyidagi yönalişlarda bilim va könikmalarini mustahkamlamoqda:
- Kattalar ta’limining asosiy tamoyillari va andragogik yondaşuvlar;
- Kattalarning örganiş psixologiyasi va individual xususiyatlari;
- Interaktiv ta’lim metodlari va fasilitatsiya könikmalari;
- Öquv jarayonida murakkab vaziyatlarni boşqariş;
- Kasbiy tajribani tahlil qiliş, refleksiya va öz-özini rivojlantiriş;
- Samarali treninglarni rejalaştiriş va ötkaziş metodlari.

Maşğulotlar nazariy bilimlar bilan bir qatorda guruhli muhokamalar, amaliy topşiriqlar, keyslar tahlili va rolli öyinlar asosida olib borilmoqda.

Uşbu bosqiçning asosiy vazifasi — supervayzerlarni nafaqat ijtimoiy xodimlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi mutaxassis, balki ularning kasbiy rivojlanişiga kömaklaşuvçi mentor va trener sifatida tayyorlaşdan iborat.

  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3