Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

Supervayzerlar uchun ikkinchi bosqich treninglari

2026-04-20

1 marta o'qilgan


Supervayzerlar uchun treninglar boshlandi! 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida 20–24-aprel kunlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari supervayzerlari uchun treninglarning ikkinchi bosqichi start oldi.

Mazkur bosqichda 2 ta guruhda jami 52 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda.

Trening dasturi davomida ishtirokchilar:
- oilaga kirish metodlari
- oila bilan samarali suhbat olib borish texnikalari
- muloqotdagi keng tarqalgan xatolar
- stressni boshqarish va emotsional qo‘llab-quvvatlash
- motivatsiya berish ko‘nikmalari
- amaliy mashg‘ulotlar va rolli o‘yinlar orqali real keyslar ustida ishlash

kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.

Treninglar davomida nazariya amaliyot bilan uyg‘unlashtirilib, ishtirokchilarning kundalik faoliyatida samaradorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3