Qulayliklar

Invert
Oq-qora
Katta
Normal
Kichik

Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Supervayzerlar uchun treninglar boshlandi!

23–27-fevral kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bosh mutaxassislari — 40 nafar supervayzer uchun navbatdagi o‘quv treninglariga start berildi.

Mashg‘ulotlar davomida supervayzerlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mavzular, jumladan kattalar ta’limi, samarali muloqot, fikrlashni faollashtirish hamda amaliy ish jarayonlariga oid masalalar yoritilmoqda.

Treninglarning birinchi kuni doirasida 1-guruh bilan  “Kattalar ta’limi asoslari” mavzusida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 
Ushbu mavzu doirasida:

- kattalar bilan ishlash tamoyillari;
- o‘qitish va o‘rganish jarayonidagi yondashuvlar;
- bilim va ko‘nikmalarni amaliy mashqlar orqali shakllantirish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulotlar interaktiv usullar, jamoaviy muhokamalar hamda real ish tajribalariga tayangan holda tashkil etildi.