2026-09-20
2 marta o'qilgan
Supervayzerlar uchun treningning 3️⃣ - bosqichi
14–18-sentabr kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bosh mutaxassislari supervayzerlar uchun to‘rt bosqichli treningning 3-bosqichi o‘tkazildi.
Treningning ushbu bosqichida asosiy e’tibor andragogika - kattalarni o‘qitish va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish yondashuvlariga qaratildi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar:
• katta yoshdagi tinglovchilarning o‘rganish xususiyatlari;
• kattalar ta’limida samarali metod va yondashuvlar;
• trening jarayonini interaktiv tashkil etish;
• tinglovchilarning tajribasi va amaliy bilimlaridan ta’lim jarayonida foydalanish;
• qayta aloqa berish va olish;
• guruh bilan ishlash hamda ishtirokchilarni faol jalb etish usullarini o‘rgandilar.
Trening davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar, muhokamalar va interaktiv topshiriqlar orqali supervayzerlarning trenerlik va fasilitatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.