Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

Supervayzerlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda

2026-10-12

3 marta o'qilgan


“Inson” markazlari supervayzerlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda

5–16-oktabr kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari supervayzerlari uchun to‘rt bosqichli o‘quv dasturining 3-bosqichi doirasida 10 kunlik trening davom etmoqda.

1️⃣ Treningning birinchi haftasi to‘liq andragogika — kattalar ta’limi tamoyillari va metodlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishtirokchilar kattalar auditoriyasi bilan ishlash, o‘quv ehtiyojlarini aniqlash, samarali kommunikatsiya, fasilitatsiya, interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash, shuningdek, superviziya mashg‘ulotlarini rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirmoqdalar.

2️⃣ Ikkinchi hafta esa amaliy mashg‘ulotlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda ishtirokchilar murakkab ijtimoiy vaziyatlarni tahlil qilish, turli toifadagi bolalar va oilalar bilan ishlashga oid keyslarni ko‘rib chiqish, o‘quv dasturlari va trening mashg‘ulotlarini mustaqil ishlab chiqish hamda trener sifatida amaliy o‘tkazish bo‘yicha tajriba orttirmoqdalar.

Shuningdek, trening doirasida kasbiy refleksiya, xatarlarni baholash, himoya omillari va mavjud resurslarni aniqlash, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3