Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

Supervayzerning ish sumkasi: bilim, vosita va amaliyot bir joyda

2026-08-17

1 marta o'qilgan


Supervayzerning ish sumkasi: bilim, vosita va amaliyot bir joyda

Bugun ijtimoiy xizmatlar tizimida supervayzerning vazifasi nafaqat nazorat qilish, balki ijtimoiy xodimni qo‘llab-quvvatlash, yo‘naltirish, maslahat berish va uning kasbiy rivojiga ko‘maklashishdan iborat.

Shu maqsadda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida faoliyat yuritayotgan supervayzerlar uchun hududlarda trening, seminar va shadovinglarni samarali tashkil etishda foydalanishga mo‘ljallangan maxsus sumka to‘plamlari yetkazib berildi.

To‘plam tarkibidan supervayzerning kundalik faoliyatida zarur bo‘ladigan ryukzak, bloknot, ruchka, beydjik va suv uchun termos o‘rin olgan. Ushbu to‘plamlar supervayzerlarning hududlarga chiqib, trening va amaliy mashg‘ulotlarni qulay hamda samarali tashkil etishlari uchun mo‘ljallangan.

Supervayzerlar uchun ishlab chiqilgan metodik materiallar esa amaliy faoliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Jumladan, “Oilaga kirish” bo‘yicha qo‘llanmada oilalar bilan ishlash jarayonida professional muloqot, birlamchi baholash, amaliy tavsiyalar, zarur atamalar hamda kundalik faoliyatda foydalanish mumkin bo‘lgan yondashuvlar jamlangan.

Eng muhimi, supervayzer faoliyatining markazida inson turadi. Shu sababli metodik materiallarda nafaqat ish jarayoni, balki empatiya, xavfsiz muloqot, refleksiya, etik yondashuv va ijtimoiy xodimni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3