Surxondaryo va Namangan viloyatlarida “Tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga javoban idoralararo xizmatlar samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida 2 kunlik konsultativ uchrashuvlar hamda amaliy monitoring tashriflari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamkorligida amalga oshirildi.
Tadbirlar doirasida:
- hududlarda tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga idoralararo javob berish amaliyoti o‘rganildi;
- jabrlangan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan kompleks ijtimoiy xizmatlar monitoring qilindi;
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, MFYlar, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda boshqa tegishli idoralar vakillari ishtirokida amaliy muhokamalar o‘tkazildi;
- mavjud tajribalar asosida xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu uchrashuv va monitoring tashriflari hududiy mutaxassislarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish hamda tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi samarali va barqaror javob mexanizmlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


