Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

Yangi supervayzerlar uchun kasbiy rivojlanish yo‘li boshlandi!

2026-08-03

Tafsilotlar


Yangi supervayzerlar uchun kasbiy rivojlanish yo‘li boshlandi!

2026-yil 3–7-avgust kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining yangi tayinlangan supervayzerlari uchun to‘rt bosqichli o‘quv dasturining birinchi bosqichi boshlandi.

Mazkur treningning asosiy maqsadi — hududlarda mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlaydigan, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan, jamoalarni samarali boshqaradigan va sifatli superviziya jarayonlarini tashkil eta oladigan, yuksak kasbiy salohiyatga ega supervayzerlar jamoasini shakllantirishdir.

5 kun davomida tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar:

- supervayzerning ijtimoiy himoya tizimidagi o‘rni va vazifalari;
- superviziya metodologiyasi;
- samarali muloqot va murakkab vaziyatlarda kommunikatsiya;
- keys-menejment amaliyoti;
- murakkab holatlar bilan ishlash;
- mentorlik va shadowing usuli;
- trening o‘tkazish metodikasi hamda notiqlik mahorati.

Supervayzer — bu nafaqat ish jarayonini muvofiqlashtiruvchi mutaxassis, balki jamoani ilhomlantiruvchi, bilim va tajribani ulashuvchi hamda kasbiy rivojlanishga yo‘l ko‘rsatuvchi mentor hamdir.
  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3