2026-08-10
Tafsilotlar
Yangi supervayzerlar uchun navbatdagi trening boshlandi
10-avgust kuni Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari supervayzerlari uchun navbatdagi o‘quv treningi boshladi.
O‘quv dasturi 5 kundan iborat bo‘lib, trening davomida supervayzerlar uchun zarur bo‘lgan amaliy kompetensiyalar bosqichma-bosqich rivojlantiriladi.
Treningning birinchi kunida ishtirokchilar supervayzerning
- ijtimoiy himoya tizimidagi o‘rni va ahamiyati,
- uning asosiy funksiyalari, vazifalari
- majburiyatlari haqida fikr almashdilar.
Shuningdek, superviziya metodologiyasiga alohida e’tibor qaratilib, uning maqsadi, usullari va asosiy tamoyillari ko‘rib chiqildi. Nazariy bilimlar guruhli amaliy mashg‘ulotlar va interfaol usullar orqali mustahkamlandi.
Birinchi kun yakunida ishtirokchilar o‘z taassurotlari va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, keyingi o‘quv kunlariga tayyorgarlik ko‘rdilar.