Qulayliklar

Invert
Oq-qora
Katta
Normal
Kichik

Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Yangi tayinlangan direktorlar uchun yangi bosqich

2026-yil 22-iyundan 3-iyulga qadar Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining yangi tayinlangan direktorlari uchun 10 kunlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

Mazkur o‘quv dasturi rahbarlarning
- boshqaruv kompetensiyalarini mustahkamlash
- ijtimoiy himoya sohasidagi eng so‘nggi islohotlar bilan tanishtirish 
- zamonaviy boshqaruv va ijtimoiy ish amaliyotiga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Trening davomida ishtirokchilar keys-menejment, jamoani boshqarish, samarali muloqot, muzokaralar olib borish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ehtiyojlarni baholash va xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy tajriba orttiradilar. Shuningdek, ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishadilar.

Bu trening nafaqat yangi bilimlar manbai, balki mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan rahbarlar uchun tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi muhim professional maydondir.