21.11.2024
E-learningYaratilgan vaqt: 31-Oktabr
76 marta ko'rilgan
Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi 2024-yilning 30-31-oktabr kunlari “Saxovat va ko‘mak” mavzusida ikki kunlik trening tashkil etildi.
Trening davomida Mahalladagi kompleks xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlarga kerakli tushunchalar hamda ko‘rsatmalar berib o‘tildi hamda ariza kiritilishida aynan qanday jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi ham ta’kidlab o’tildi.
- Shuningdek, trening davomida ishtirokchilar mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy xodimlarning muloqot ko‘nikmalari va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning ijtimoiy-psixologik portretini tuzish kabi mavzularni o‘rgandilar.
- Bundan tashqari, keys-menejment amaliyoti, baholash usullari va individual ijtimoiy xizmatlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ham mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
??Ushbu treninglar orqali, xodimlar o‘z ish faoliyatlarida samaradorlikni oshirishi, xizmatlarni yaxshilashi va ijtimoiy xizmatlarning sifatini yanada yuksaltirishga hissa qo‘shishi kutilmoqda.
47 marta ko'rilgan
53 marta ko'rilgan
32 marta ko'rilgan
34 marta ko'rilgan
32 marta ko'rilgan