Andijon viloyati "Muruvvat" nogironligi bo'lgan bolalar internat uyining xodimlari uchun 3 kunlik seminar-trening tashkil etildi.

Yaratilgan vaqt: 31-Oktabr

33 marta ko'rilgan


"Muruvvat" bolalar internat uylarining tarbiyachilari, psixologlari va logopedlari malakasini oshirish bo'yicha faol ishlar davom etmoqda

2024-yil 30-1-noyabr kunlari Andijon viloyati "Muruvvat" nogironligi bo'lgan bolalar internat uyining 40 nafar xodimlari uchun 3 kunlik seminar-trening tashkil etildi.       

Seminar-trening davomida ishtirokchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishda quyidagi mavzular ko'rib chiqildi:                                             
- Bolaning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari: psixik, jismoniy va hissiy salomatlikni shakllantirishda tarbiya va ta'limning o'rni;                                          
- Nogironlikning bio-psixo-ijtimoiy modeli;
- Bolalar bilan muloqot ko‘nikmalari: Noverbal va verbal muloqot;
- Bolalar bilan hissiy aloqani shakllantirish;
- Jan Piajetning kognitiv rivojlanish nazariyasi;
- Yuqori aqliy funksiyalar: L.S.Vygotskiy g‘oyalari va yuqori psixologik jarayonlarning rivojlanishi                                       

 ? Seminar-trening davomida interfaol va amaliy mashg'ulotlar, jumladan, guruh muhokamalari ishtirokchilarga o'rganilgan tushunchalarni chuqurroq anglash hamda amaliy qo'llashga yordam beradi.

  • news image
  • news image
  • news image