21.11.2024
E-learningYaratilgan vaqt: 12-Noyabr
47 marta ko'rilgan
2024 yilning 4-9 noyabr kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida "Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shu?basi” mudirlari va ularning funksiyasini bajaruvchi xodimlar uchun 6 kunlik trening o‘tkazildi.
Tadbirda jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvi, ichki mehnat tartibi qoidalari, ishga qabul qilish va mehnat shartlarini o‘zgartirish, xodimlarni boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborish, ish haqi va to‘lovlarni to‘lash hamda mehnat shatnomasini bekor qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, trening davomida mehnat kodeksiga oid me'yorlar, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish strategiyalari hamda korxonalarda mehnat intizomini ta'minlash, raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.
Treningning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi ishtirokchilar uchun yanada samarali ishlash imkoniyatlarini yaratdi.
53 marta ko'rilgan
75 marta ko'rilgan
32 marta ko'rilgan
34 marta ko'rilgan
32 marta ko'rilgan