"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlarining kasbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda

Yaratilgan vaqt: 13-Oktabr

35 marta ko'rilgan


Joriy yilning 10-12-oktabr kunlari Toshkent viloyatida “Bolalar va kattalarni psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar” mavzusida trening va superviziya o‘tkazildi. 

Ushbu trening "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari psixologlar guruhi xodimlarining fuqarolar bilan ishlash jarayonida maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini hamda sifatli ish olib borishlarini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

Ushbu trening samimiylik, moslashuvchanlik va tinglash orqali mijozlar bilan ishonchli munosabat o‘rnatish;
 ♦ Mijozlar muammosi va holatini to‘g‘ri baholash;

 ♦ Ruhiy salomatlik, psixologik ta’lim va emotsiyalarni boshqarish;

 ♦ Keyslar va boshqa usullarni o‘z ichiga oldi.

Dars jarayonlari Markazning hududiy psixolog trenerlari tomonidan olib borildi hamda ishtirokchilarga muhim psixologik bilimlar va tavsiyalar berildi. 
Treninglar “Yevropa Ittifoqi va BMT tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining mojaro zonalaridan qaytgan fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash” (II-bosqich) nomli loyiha doirasida qo'llab-quvvatlanmoqda.

  • news image
  • news image
  • news image