07.05.2025
E-learningYaratilgan vaqt: 09-Yanvar
149 marta ko'rilgan
Joriy yilning 6-10- yanvar kunlari Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazida YUNISEF hamkorligida «Bolalar va kattalarni psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar» mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Ushbu treningga IHMA huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malaka oshirish markazi mutaxassislari ham jalb qilindi.
Treningning maqsadi – Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi tasarrufidagi hududiy markazlarida faoliyat olib borayotgan psixologlar hamda ijtimoiy xodimlarga bolalar va kattalar bilan ishlashda zamonaviy ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlashning asosiy ko‘nikmalarini o‘rgatishdir.
Trening davomida ishonchli munosabatlar o‘rnatish, muammolarni baholash, psixologik ta?lim, emotsiyalarni boshqarish, psixologik travma va uning ustida ishlash kabi mavzular qamrab olindi.
190 marta ko'rilgan
140 marta ko'rilgan
135 marta ko'rilgan
136 marta ko'rilgan
141 marta ko'rilgan