08.05.2025
E-learningYaratilgan vaqt: 09-Yanvar
191 marta ko'rilgan
2025-yil 8-10-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarini malaka oshirish markazi binosida UNICEF va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllari va ekspluatatsiyadan himoya qilish” mavzusida 3 kunlik trening tashkil etildi. Treningda Ijtimoiy himoya tizimi xodimlari hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining bolalar ijtimoiy himoyasi bo‘limi xodimlari ishtirok etishmoqda.
Tadbirda bolalar farovonligi, zo‘ravonlikning turli shakllari, uning bolalar hayotiga ta’siri, zo‘ravonlikni aniqlash va unga qarshi kurashish strategiyalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar, shuningdek, bolalar uchun xavf va himoya omillarini baholash, zo‘ravonlikning belgilari, shuningdek, bolalar himoyasi tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar.
Treningning maqsadi, Markaziy Osiyo davlatlarida bolalar himoyasini kuchaytirish, xodimlar malakasini oshirish va bolalar uchun yanada xavfsiz muhit yaratishdir.
149 marta ko'rilgan
141 marta ko'rilgan
135 marta ko'rilgan
137 marta ko'rilgan
141 marta ko'rilgan