24.03.2025
E-learningYaratilgan vaqt: 10-Dekabr
111 marta ko'rilgan
Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi UNFPА tashkiloti bilan hamkorlikda “Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʼrsatishni takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-330-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida treninglar tashkil qilindi.
2024-yilning 10-18-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida "Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash" mavzusida malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda.
Ushbu kurs tazyiq va zo‘ravonlikdan zarar ko‘rgan shaxslar bilan samarali ishlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar va metodikalar o‘rgatilmoqda.
Malaka oshirish kursi, zo‘ravonlik va tazyiqning oldini olish, jabrlangan shaxslarga yordam ko‘rsatish, shuningdek, ularga ruhiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaxshilash maqsadida tashkil etilmoqda.
Kurs davomida qatnashchilarga amaliy mashg‘ulotlar, psixologik yordam ko‘rsatish usullari, shuningdek, huquqiy maslahatlar beriladi.
Treninglar va taqdimotlar orqali, ishtirokchilar zamonaviy uslublar va bilimlarga ega bo‘lib, tazyiq va zo‘ravonlikdan aziyat chekkan shaxslarni tiklanish jarayonida qo‘llab-quvvatlashni o‘rganmoqdalar.
94 marta ko'rilgan
120 marta ko'rilgan
99 marta ko'rilgan
106 marta ko'rilgan
120 marta ko'rilgan