Toshkent shahri va Toshkent viloyatida farzandlikka oluvchi va tutigan ota-onalar uchun malaka oshirish kursi boshlandi

Yaratilgan vaqt: 18-Dekabr

100 marta ko'rilgan


Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan farzandlikka oluvchi va tutigan ota-onalarni tayyorlash kursi start oldi. Pilot tarzida yo‘lga qo‘yilgan ushbu kurs gibrid formatda o‘tkaziladi va umumiy davomiyligi 62 soatni tashkil etadi.

Kursda ishtirokchilarga bolalarning huquqlari, rivojlanish ehtiyojlari, oilaviy moslashuv, jarohatlar va zo‘ravonlikning bola psixikasiga taʼsiri, shuningdek, bolalarni oilaga qabul qilish, ularga hamrohlik qilish kabi mavzular o‘rganiladi.

Kurs 4 ta modulga bo‘lingan bo‘lib, har bir modulda onlayn va oflayn darslar olib boriladi.

Kursda taʼlim olayotgan ota-onalar va bolalar kelajakda ularning muammolarini hal qilish va ijtimoiy integratsiyaga yordam berish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni olishadi.

Ushbu kurs bolalarning rivojlanish va ixtiyoriy taraqqiyotiga eʼtibor qaratgan, u bilan birga bola oilaga yaqinlashish va eng muhim – bolaning yangi oilaga moslashuvi haqida maʼlumot olishda yordam beradi.

Sinov tarzda yo’lga qo’yilgan kursning natijalari 4-modul tugagach, ya’ni dekabr oyi so’ngida o’tkazilishi mumkin bo’ladi.

  • news image
  • news image
  • news image