"Kambag?allikdan farovonlik sari" dasturi bo?yicha o?quv treninglariga start berildi

Yaratilgan vaqt: 05-Dekabr

116 marta ko'rilgan


O‘zbekiston bo‘yicha "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining psixologlari va supervayzerlari uchun "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida o‘quv treninglari boshlandi. 

Ushbu o‘quv treninglarining asosiy maqsadi, mamlakat bo‘ylab ijtimoiy xizmatlar tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini oshirish va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur bilimlar berishdir. Treniinglarda kambag‘allik tushunchasi, uning oilalarga ta’siri, oilaviy psixo-emotsional xizmatlar ko‘rsatish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash mezonlari kabi mavzular muhokama qilinadi. 

Shuningdek, "Maslou piramidasi", "Muvaffaqiyat zinapoyasi", yoshlarning pozitiv ota-onalik ko‘nikmalarini shakllantirish, kam daromadning sabablari va resurslarni aniqlash, hamjamiyatning kambag‘allik muammosini yechishdagi roli kabi interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Treninglarda, shuningdek, sabr-toqat, moslashuvchanlik, ijtimoiy izolyatsiya va motivatsiya yetishmasligi kabi mavzularni ham tahlil qilish ko‘zda tutilgan. Bunda, psixologlar va supervayzerlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib, keyinchalik hududlarda ijtimoiy xodimlar uchun o‘z seminarlarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Treninglarga hozirda respublikaning barcha hududlarida start berilgan bo‘lib, o‘quv treninglari  27-dekabrgacha davom etadi.

  • news image
  • news image
  • news image